VEOLIA ENERGY
TASHKENT
2022-yilning 1-iyulidan Fransiyaning Veolia kompaniyasi o‘zining sho‘ba korxonasi “VEOLIA ENERGY TASHKENT” vakili bo‘lib, Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimining operatori bo‘ldi.

Kompaniya issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan (Toshissiqlikmarkazi, ToshIEM) iste'molchilarga issiqlik energiyasini tashish va taqsimlash uchun javobgardir. Veolia shuningdek, 218 ta mahalliy qozonxonada shahar issiqlik energiyasining 10 foizini ishlab chiqaradi va issiqlik energiyasini Toshkent aholisiga uzatadi.
Отопление и горячее водоснабжение
13
БОЛЕЕ
1 050 000


[ ta yirik
qozonxona ]
[ dan ortiq aholiga xizmat ko'rsatiladi ]
Узнать больше
+
204


[ ta mahalliy qozonxona ]
Veolia kompaniyasining bosh ofisi Parij shahrida joylashgan bo’lib, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va barqaror rivojlanish sohasida jahonda yetakchi bo'lgan fransuz ko'p tarmoqli kompaniyasi hisoblanadi. Bizning faoliyat doiramiz dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarini qamrab oladi.
Biz shaharlar va korxonalarga suv, chiqindilar va energiya resurslarini samarali boshqarishda yordam beramiz. 2023-yil statistikasiga ko’ra, Veolia kompaniyasi 113 million aholini ichimlik suvi bilan ta'minladi, 103 million aholiga oqava suv xizmatlarini ko’rsatdi, 42 teravatt-soat energiya ishlab chiqardi va 63 million tonna chiqindilarni qayta ishladi. Veolia kompaniyasi yashil iqtisodiyotga o‘tishni faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda hamda atrof-muhitga inson ta’sirini kamaytirishda va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashada yetakchilardan biri bo’lib kelmoqda.
Veolia kompaniyasi o‘zining “VEOLIA ENERGY TASHKENT” sho‘ba korxonasi 2022-yilda O’zekistonda tashkil qildi. Shu vaqt mobaynida kompaniya Toshkent shahridagi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini boshqarib keladi. Biz O‘zbekiston poytaxtida issiqlik tarmoqlari barqarorligi va samaradorligini oshirish maqsadida infratuzilmalarni o‘zgartirmoqdamiz, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilmoqdamiz.
Veolia - barqaror kelajak yaratishda ishonchli hamkor!
Kompaniya tarixi
Veolia kompaniyasining tarixi 1853-yilda Fransiya davlatida, kompaniya suv ta'minoti bilan shug'ullana boshlaganidan buyon davom etib kelmoqda. Kompaniya 170 yil davomida tabiiy resurslarni boshqarish uchun kompleks yechimlar bo'yicha jahon yetakchisiga aylandi.
1853
Fransiya imperatori Napoleon III farmoniga ko'ra, "Compagnie Générale des Eaux" dastlabki nomi bilan Veolia yaratildi.
1880
kompaniya xalqaro bozorlarga kirishni boshladi.
1884
diversifikatsiya: oqava suvlarni tozalash xizmatlarini qo'shdi.
1967
diversifikatsiya: chiqindilarni boshqarish xizmatlarini qo'shish.
2005
kompaniyaning to'rtta yo'nalishi (suv ta'minoti, chiqindilarni boshqarish, energiya va transportni boshqarish) Veolia brendi ostida birlashtirildi.
2021
O‘zbekiston bozoriga kirish. Davlat-xususiy sheriklik Bitimi 30 yilga imzolandi.
2022
kompaniyada O‘zbekistonda faoliyatini boshladi. “VEOLIA ENERGY TASHKENT” kompaniyasi Toshkent shahridagi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimining operatoriga aylandi.
Veolia xalqaro maydonda o'z ishtirokini mustahkamlab, tabiiy resurslarni boshqarish bo'yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishda davom etmoqda.
Yangiliklar
    Made on
    Tilda