Kompaniya tarixi / Uz

2025-yil davomida “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK da monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyatiga oid Hisobot

Kompaniyada tarkibiy bo'linmalar o'rtasida vazifalar va mas'uliyat taqsimlangan va mas'ul shaxslar "Antimonopol komplaens to'g'risida"gi Nizom, shuningdek boshqa Tartib-qoidalar va ichki reglamentlar asosida harakat qiladilar.

Hisobot davrida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:

ichki reglamentlar loyihalarini kelishish tartibi belgilandi;

shartnomalarning huquqiy ekspertizasi;

ichki kelishuv tartib-qoidalarini joriy etish.

Raqobatni cheklashga olib keluvchi yoki olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlar, shuningdek iste'molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzish haqida xabar berish uchun mo'ljallangan doimiy aloqa kanallari mavjud:
uz.compliance@veolia.com;
https://veolia.whispli.com/ethique;
https://t.me/VeoliaOperativMarkazi;
og'zaki va (yoki) yozma murojaat.

Raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlarining oldini olish va Kompaniya xodimlarining bilimini oshirish maqsadida hisobot davrida treninglar va o'quv seminari o'tkazildi, rahbar xodimlar o'rtasida testlar o'tkazildi. Hisobot davrida raqobat qonunchiligi buzilishlari aniqlanmadi.