IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» BOSH DIREKTORINING HAMKORLAR, ISTE'MOLCHILAR VA BIZNES-HAMKORLARGA QONUNCHILIKKA RIOYA QILISH VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA MURAOJATI
Hurmatli hamkorlar, iste’molchilar va biznes-hamkorlar!
Iqtisodiyotning faol rivojlanishi va raqobatning kuchayishi sharoitida har birimiz qonuniylik, shaffoflik va halollik tamoyillariga rioya qilish uchun mas’uliyatni his qilamiz. Antimonopol qonunchilikni buzish va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari jamiyatning ishonchini so‘ndiradi, bozor mexanizmlarini buzadi, teng raqobat sharoitlarini cheklaydi, xizmatlar sifatini pasaytiradi va tashkilotlar hamda davlatning rivojlanishini sekinlashtiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va antimonopol normalarga rioya qilish — IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridir.
IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» doimiy ravishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
·jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini oshirish;
·bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
·har qanday noto‘g‘ri xulq-atvor shakllarini oldini olish;
·ichki nazorat va komplayens tizimini kuchaytirish;
·davlat organlari bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish;
·xodimlarning korporativ madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish.
IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» ichki jarayonlarni modernizatsiya qiladi, qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qiladi, korrupsiyaga qarshi vositalarni joriy qiladi va jamoatchilik hamda ichki monitoring imkoniyatlarini kengaytiradi. Shunga qaramay, bu choralarning samaradorligi ko‘p jihatdan sizning — xodimlar, iste’molchilar, biznes va jamoat tashkilotlari vakillari — faoliyatingizga bog‘liq.
Biz halol, professional va mas’uliyatli xulq-atvorni qo‘llab-quvvatlaymiz va rag‘batlantiramiz.
Bizning maqsadimiz — ishonch, malaka, innovatsiyalar va sifatli natijalarga asoslangan adolatli ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, qonunbuzarlik yoki noto‘g‘ri sxemalardan foydalanish emas.
Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali biz IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» faoliyatining huquqiy va axloqiy asoslarini mustahkamlash, uning samaradorligini oshirish va jamiyat hamda biznes-hamkorlar ishonch darajasini yuqoriga ko‘tarishimiz mumkin.
Shu munosabat bilan barcha hamkorlar, iste’molchilar va biznes-hamkorga murojaat qilaman:
Agar korrupsiya holatlari, antimonopol qonunchilikni buzish, vakolatlarni suiiste’mol qilish yoki IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» tizimida shubhali yoki noqonuniy vaziyatlar aniqlansa, iltimos, darhol quyidagi yo‘llar bilan xabar bering:
·yozma shaklda — IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» rasmiy kanallari orqali;
·og‘zaki — tegishli bo‘limlarga murojaat orqali;
·elektron shaklda — quyidagi kanallar orqali:
o uz.compliance@veolia.com;
o https://veolia.whispli.com/ethique;
o t.me/VeoliaOperativMarkazi
Har bir murojaat ob’ektiv, har tomonlama va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» ichki normativ hujjatlariga qat’iy rioya qilgan holda ko‘rib chiqiladi.
IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT» murojaatchilar maxfiyligini va har qanday ta’qibdan himoyani kafolatlaydi.
Bosh director
IP MChJ «VEOLIA ENERGY TASHKENT»