Hurmatli Toshkent shahri aholisi!
Issiq suv ta’minoti va isitish uchun tariflarni oshirish masalasi xavotir uyg‘otayotganini tushunamiz va mavjud vaziyatni batafsil tushuntirishga tayyormiz.
2024-yil 12-sentabrda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar (byudjet tashkilotlari bundan mustasno) uchun tariflarni 15 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.
Nega tariflar ko'tarilmoqda?
Tariflarning oshishiga issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan energiya resurslari - gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishi ta'sir ko'rsatdi.
2023-yilda korxonalar uchun elektr energiyasi tariflari bir necha barobar oshdi. Ushbu qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun biz 2023-yil 2-dekabrdan boshlab byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun tariflarni oshirdik.
Biroq, 2023/2024-yilgi isitish mavsumi tugagunga qadar aholi uchun tarifimiz o‘zgarishsiz qoldi. 2024-yil 2-apreldan boshlab u 15 foizga oshdi. Bu energiya narxining o'sish sur'atlaridan sezilarli darajada past. Bu aholi uchun 2019-yildan beri birinchi marta tariflarning oshishi bo‘ldi. Ko'rib turganingizdek, biz narxlarning keskin oshishiga yo'l qo'ymaslik uchun, tariflar asta-sekin o'sishiga harakat qilmoqdamiz.
Subsidiyalar haqida nima deyish mumkin?
Amaldagi aholi uchun tarif bazaviy tarifning 16 foizini qoplaydi. Kelgusi 15% o'sishdan keyin u 18% foizni qoplaydi. Qolgan qismi avvalgidek davlat subsidiyalari bilan qoplanadi.
Yangi tariflar qachon kuchga kiradi?
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori yangi tarifni tasdiqlash va qo‘llash bo‘yicha oraliq bosqich hisoblanadi. Keyingi bosqichlar:
1. Kengashning qarori ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar hokimiga kiritiladi.
2. Hokim qarori loyihasi ko‘rib chiqish va jamoatchilik muhokamasi uchun www.regulation.gov.uz portalida e’lon qilinadi. Muhokama qilish muddati 15 kun.
3. Yakuniy qarorni Toshkent shahar hokimi imzolaydi. Tariflar mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Tariflarning kuchga kirish sanasi “VEOLIA ENERGY TASHKENT” rasmiy sahifalarida va ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.
Biz tariflarni oshirish sezilarli yuk ekanligini tushunamiz. Ammo, Veolia “VEOLIA ENERGY TASHKENT” ham hamma kabi bizning tannarximizni tashkil etuvchi energiya narxiga bog'liq. Tariflarni oshirish majburiy qadam edi. Biz iqtisodiy voqelik va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapmiz.