Hurmatli Veolia Energy Tashkent iste’molchilari!
Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida taqdim etilayotgan raqamli xizmatlarimiz va boshqa mavjud xizmat turlari haqida eslatib o‘tamiz.
1. Onlayn to‘lovlar
Bugungi kunda issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlarni barcha asosiy to‘lov platformalari orqali veoliaenergy.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin. Shuningdek, “Issiqlik tarqatish boshqarmasi” tuman bo‘limlaridagi bank kassalari orqali ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Iltimos, onlayn to‘lovlar jarayonida duch kelgan muammolaringiz haqida batafsil ma’lumot bering, biz ularni alohida ko‘rib chiqamiz.
2. Raqamli xizmatlar va iste’molchilar bilan o‘zaro aloqalar
Shaxsiy kabinet orqali iste’molchilar quyidagi imkoniyatlarga ega:
• joriy balansni tekshirish;
• hisoblagich ko‘rsatkichlarini kiritish;
• hisobga olish qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
• har qanday masala bo‘yicha murojaat qoldirish.
Bundan tashqari, iste’molchilar bizning Telegram-botimizdan ham foydalanishlari mumkin. Undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan quyidagi havola orqali tanishishingizni tavsiya qilamiz:
https://t.me/veoliaenergytashkent_official/1196
3. Smart-hisoblagichlarni joriy etish
2024-yil dekabr oyidan boshlab Toshkent shahrida smart-hisoblagichlarni o‘rnatish dasturi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu hisoblagichlar iste’molchilar ishtirokisiz ko‘rsatkichlarni avtomatik ravishda uzatadi.
Bunday hisoblagichlar 4 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi doirasida bepul o‘rnatilmoqda. Hozirgi vaqtda ko‘rsatkichlarning bir qismi allaqachon avtomatik ravishda uzatilmoqda. Investitsiya dasturiga muvofiq, ko‘rsatkichlarni to‘liq avtomatik qabul qilinishi 2028-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan, chunki bu jarayon infratuzilmani bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish va qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish bilan bog‘liq. Barcha ishlar yakunlangach, ko‘rsatkichlarni yig‘ish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.
4. Tezkor hisob-kitob
Tezkor hisob-kitob tizimi joriy etilgan bo‘lib, bunda iste’mol qilingan hajmni hisoblash va balansni yangilash hisoblagich ko‘rsatkichlari kiritilgandan so‘ng darhol amalga oshiriladi. Bu iste’molchiga hisob-kitob vaqtini yakunini kutmasdan, real vaqt rejimida amaldagi balans va hisoblangan summalarni ko‘rish imkonini beradi. Ushbu yondashuv hisob-kitoblarning shaffofligini oshiradi hamda iste’mol va to‘lovlarni tezkor nazorat qilishga yordam beradi.
5. Xizmat turlari bo‘yicha alohida hisob-kitoblar
Shaxsiy kabinetda hisob-kitoblar har bir kommunal xizmat turi bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi — isitish xizmati alohida, issiq suv ta’minoti esa alohida hisoblanadi. Bu iste’molchiga qaysi xizmat uchun va qanday hajmda hisoblanganini aniq ko‘rish imkonini beradi. Bunday ajratilgan ko‘rinish to‘lovlar tuzilmasini tushunishni osonlashtiradi va turli xizmatlar summalarining bir-biriga aralashib ketishini oldini oladi. Shuningdek, bu hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tekshirish va savollar yuzaga kelganda solishtirish jarayonini yengillashtiradi. Natijada hisob-kitoblarning umumiy shaffofligi oshadi.
Hurmat bilan,
Veolia Energy Tashkent