Toshkent shahrida 2024-2025 yilgi isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi
Issiqlik ta'minotini ulash jarayoni bosqichma-bosqich davom etadi. Avvalo, ijtimoiy soha obyektlari bog'chalar, maktablar, shifoxonalar, so'ngra turar-joy binolari va ma'muriy binolar ta'minlanadi.
Toshkent shahar hokimining 2024-yil 4-noyabrdagi 785-14-0-Q/24-sonli qaroriga asosan isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi. Veolia Energy Tashkent tomonidan shahar hokimining qarorida tasdiqlangan jadval asosida issiqlik ta'minoti tizimi yoqiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan "Ko'p kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari ko'rsatish qoidalari"ga asosan "isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 daraja tselsiydan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi kerak".
➡️ Issiqlik ta'minotini ulash jarayoni bosqichma-bosqich davom etadi.
Avvalo, ijtimoiy soha obyektlari bog'chalar, maktablar, shifoxonalar, so'ngra turar-joy binolari va ma'muriy binolar ta'minlanadi.
➡️ Issiqlik ta'minoti uchun to'lov ulangan kundan boshlanadi.
Issiqlik ta'minotini ulash sanasi Boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etilgan kundan boshlanadi.
➡️ Agar bino ichidagi isitish batareyalari sovuq bo'lsa, nima qilish kerak?
Xonadoningizdagi isitish ta'minoti bir maromda bo'lmasa yoki sovuq bo'lsa, uyingizga qarashli bo'lgan Boshqaruv kompaniyangizga murojaat qiling. Chunki bino ichida issiqlik ta'minotini taqsimlash ishlari ularning mas'uliyatlari ostida.
➡️ Favqulodda vaziyatlarda qayerga murojaat qilish kerak?
Issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari aniqlangan taqdirda quyidagi qisqa raqamga qo'ng'iroq qiling: 1347
➡️ Issiq suv va isitish ta'minotiga oid maslahat va boshqa ma'lumotlarga ega bo'lish uchun qayerga murojaat qilish mumkin?
Dushanbadan jumaga qadar soat 9:00 dan 18:00 gacha Call-markaziga (71) 200 00 56 qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.