Kompaniya tarixi / Uz

Kommunal xizmatlar o‘chirilishi bo‘yicha rasmiy tushuntirish

Hurmatli Toshkent shahri aholisi!

Ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi qo‘shnilarning isitish tizimidan qarzi mavjudligi sababli, butun turar-joy binosida issiqlik ta‘minotining o‘chirilishi haqida tarqalayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga javoban shuni qat’iy ma’lum qilamiz: qo‘shnilarning qarzi tufayli kommunal xizmatlarning o‘chirilishi haqidagi xabar HAQIQATGA TO‘G‘RI KELMAYDI❗️

Biz kommunal xizmatlar sifatiga bo‘lgan e’tiboringizni yuqori baholaymiz, shunday ekan, issiqlikni barqaror hamda uzluksiz ta’minlash maqsadida barcha chora-tadbirlarni ko‘rayotganimizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

❗️Faqatgina Kompaniyamizning rasmiy manbalariga tayanishingizni va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatishdan saqlanishingizni iltimos qilamiz.

Vaziyatni to‘g‘ri tushunganingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! Birgalikda shahrimizda qulay yashash shartlarini va yanada rivojlanish zarur sharoitlarini yaratamiz.

Hurmat bilan,
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi

Made on
Tilda