Kompaniya tarixi / Uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurash: VEOLIA ENERGY TASHKENT MCHJ pozitsiyasi va harakatlari

Hurmatli hamkasblar, iste'molchilar va hamkorlar! "VEOLIA ENERGY TASHKENT" MChJ XK kompaniyasi xalqaro standartlar va milliy qonunchilik talablariga to'liq javob beruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etmoqda. Biz korrupsiyaga qarshi kurashni kompaniya yetukligining muhim ko'rsatkichi va barqaror rivojlanishining kafolati deb bilamiz.

Korrupsiya jamiyatga zarar yetkazadi, kompaniyalar samaradorligini pasaytiradi, biznes va jamiyat uchun xavf tug'diradi. Shuning uchun biz xodimlar, iste’molchilar va yetkazib beruvchilar kuchini birlashtirib, korrupsiyaga yo’l qo’ymaydigan madaniyatni shakllantirishga intilamiz.

“VEOLIA ENERGY TASHKENT” MChJ tarkibiga kiruvchi “Veolia Group” korporativ etikaning qat'iy tamoyillariga va rioya qilish qoidalariga amal qiladi. Ushbu tamoyillar doirasida kompaniya Muvofiqlik xizmatini yaratdi, uning faoliyati quyidagilardan iborat:

•korrupsiya xavfini erta aniqlash va uni oldini olish;

•potentsial kontragentlarni tahlil qilish va baholash;

•korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning yuzaga kelish sabablari va shartlarini bartaraf etish;

•xodimlar o‘rtasida mas’uliyat va halollik madaniyatini shakllantirish.

Kompaniya o’z faoliyatida iste’molchilar, yetkazib beruvchilar yoki uchinchi shaxslardan pul mablag’larini olish yoki o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan har qanday harakatlarni qat’iy taqiqlaydi. Ushbu qoidaga rioya qilish har bir xodim uchun majburiydir.

Agar "VEOLIA ENERGY TASHKENT" MChJ XK xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik bo'yicha aniq ma'lumotga ega bo'lsangiz, bu haqda Komplayns xizmatiga xabar bering: uz.compliance@veolia.com

Har bir axbarotingiz qat'iy maxfiy qolishi ta'minlanadi.
Made on
Tilda