Toshkent shahar hokimi issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlariga tariflarni tasdiqladi
Avval aytib o‘tganimizdek, tarifning oshishiga issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar – gaz, elektr energiyasi, sovuq suv narxlarining oshishi ta’sir ko'rsatdi. Yangi tariflar 2024 yil 15-noyabrdan kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2024-yil 12-sentabrdagi VI-107-147-14-0-K/24-sonli qarori va Toshkent shahar hokimining 2024-yil 31-oktabrdagi 773-14-0-Q/24-sonli "Veolia Energy Tashkent" MCHJ XK tomonidan ko‘rsatilayotgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan:
- bazaviy tarif (QQSni hisobga olmagan holda 664 465 so‘m/Gkal) va budjet tashkilotlari uchun tarif (QQSni hisobga olmagan holda 801 963 so‘m/Gkal) o‘zgarishsiz qolmoqda;
- ko‘p qavatli turar-joy binolarida yashovchi aholi uchun chakana tarif 15 foizga oshib, 121 617 so‘m/Gkalni tashkil etadi (QQS hisobga olmagan holda);
- yuridik shaxslar uchun tarif 15 foizga oshib, 244 497 so‘m/Gkalni tashkil etadi (QQSni hisobga olmagan holda).

Yangi tariflar, ushbu nashr chop etilgandan boshlab 15 kalendar kundan keyin, ya’ni 2024 yil 15-noyabrdankuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli Qarorining 95-bandiga muvofiq, iste’molchi issiqlikta‘minoti va issiq suv ta‘minoti xizmatlari uchun avans to‘lovlarini (oldindan to‘lovlarni) amalga oshirganda, yetkazib beruvchi (Veolia Energy Tashkent) to‘lov vaqtida amal qilgan tariflar bo‘yicha (to‘lov kunidan boshlab 12 oydan oshmaydigan davrga) hisob-kitob qiladi.