Veolia Energy Tashkent xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
Veolia Energy Tashkent xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Kecha poytaxtimizda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda kommunal soha vakillarining aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani modernizatsiya qilishdagi fidokorona xizmatlari alohida ta’kidlandi.
Ushbu bayram korxonamiz uchun quvonchli voqealarga boy bo‘ldi. Ko‘p yillik samarali mehnati va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun quyidagi xodimlarimiz “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar:
«Veolia Energy Tashkent» XK MChJ Bosh direktori — Karimova Sevara Norbekovna
Ta’mirlash bo‘yicha chilangar — Zokirov Botir Karimberdiyevich
Ushbu mukofotlar nafaqat hamkasblarimizning shaxsiy yutug‘i, balki butun Veolia Energy Tashkent jamoasi mehnatining yuksak e’tirofidir. Biz poytaxtimiz issiqlik ta’minoti tizimini yanada zamonaviy, ishonchli va samarali qilish yo‘lida intilishda davom etamiz.